1

“O`zavtosanoat” va Ukraina korxonalari o`rtasida 9 mln evrodan ortiq bo`lgan hamkorlik kelishuvlari imzolandi

Iqtisodiyot 24.02.2020, 11:13
“O`zavtosanoat” va Ukraina korxonalari o`rtasida 9 mln evrodan ortiq bo`lgan hamkorlik kelishuvlari imzolandi

“O`zavtosanoat” AJ vakillari 19-21 fevralda Kievda o`tkazilgan O`zbekiston-Ukraina biznes-forumida qatnashdi.

Forum doirasida O`zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida “O`zavtosanoat” delegasiyasi Ukraina vazirliklari va idoralari vakillari bilan muzokaralar o`tkazdi, ular yakunlariga ko`ra qator kelishuvlar imzolandi.

Jumladan, “Uz Truck and Bus Motors” MChJ QK va “Pojmashina” QK o`rtasida, shuningdek “SamAvto” MChJ QK va “Inter Avto-Treyd” MChJ o`rtasida umumiy summasi 9 mln evrodan ortiq bo`lgan hamkorlik to`g`risidagi kelishuvlar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, O`zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida UzAuto Motorsning Ukrainadagi rasmiy dilerlari forumi o`tkazildi. Forum davomida avtomobillarni sotish hajmlarini oshirish masalalari muhokama qilindi va ishlab chiqarilayotgan avtomobillar modellar qatorini yangilash bo`yicha rejalar taqdim etildi. Shu bilan birga, “O`zavtosanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlarning Ukrainada sotilishi hajmini kengaytirish to`g`risida kelishuvga erishildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1