1

Lalmi va obi erga har yili to`lov to`laymanmi?

Savol-javob 03.03.2020, 16:46
Lalmi va obi erga har yili to`lov to`laymanmi?

— Dehqon xo`jaligi asosida 35 sotix erimiz bor. Shundan 12 sotix lalmi er, 23 sotix obi er. Erni otamning nomidan ukamning nomiga o`tkazish uchun tuman fermerlar uyushmasiga borganimda, Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko`ra, lalmi va obi erga 223 ming so`mdan to`lashim kerakligini aytishdi. To`lovni har yili to`lashim kerak  ekan. Soliq ham to`lanadimi?

Mansur Rahmatov, Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumani

Zafar RAHIMJONOV, Davlat soliq qo`mitasi katta inspektori:

— Yangi tahrirda qabul qilingan Soliq kodeksining 418, 433-moddalariga muvofiq, egaligida va foydalanishida uy-joy, dala hovli imoratlari va er uchastkalari mavjud bo`lgan jismoniy shaxslar, shuning­dek, yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo`jalik­lari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va er soliqlarini to`lovchilar deb e`ti­rof etiladi.

Bunda, 

► Mol-mulk solig`i mulk­ning kadastr qiymatiga nisbatan, mulk maydoni 200 kv.metrgacha bo`lganda, 0,2 foiz, 200 kv.metrdan oshganda, 0,25 foiz stavkada;

► Er solig`i stavkalari 1 kv.m. uchun mutlaq miqdorlarda belgilanadi. 

Soliq stavkalarining aniq miqdori, er uchastkasining joylashgan hududi, shuningdek, lalmi yoki suvliligidan kelib chiqib, "Davlat byudjeti to`g`risida"gi Qonuni bilan belgilanadi.

Soliq kodeksining 408-moddasiga asosan, yuri­dik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo`jaliklarining a`zolari, shuningdek, maydoni to`rt sotixdan kam bo`lmagan dehqon xo`jaligida, tomorqa er uchastkasida band bo`lgan yoki ushbu maydonda qoramol, yoxud ellik boshdan kam bo`lmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida soliq to`laydi. Bunda, dehqon xo`jaligi rahbari soliqni majburiy tartibda to`laydi, boshqa a`zolari va ko`rsatilgan jismoniy shaxs­lar esa ixtiyoriy asosda to`laydi.

Belgilangan miqdordagi soliqning to`lanishi, dehqon xo`jaligi a`zosining va jismoniy shaxsning mehnat stajini hisoblab chiqarishda 1 yil deb hisobga olinadi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1