1

O`zbekistonda go`sht narxi yana oshishi mumkin

Iqtisodiyot 06.03.2020, 14:53
Teglar: go`sht, narx
O`zbekistonda go`sht narxi yana oshishi mumkin

Ichki bozorda go`sht va go`sht mahsulotlariga bo`lgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq o`sishi narxlarga ma`lum darajada bosim yaratadi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

“Shu bilan birga, boshqa davlatlardan (Belarus, Ukraina, Qozog`iston, Qirg`iziston) go`sht importining etarli darajada emasligi, shuningdek, go`sht importi narxining oshishi o`rta muddatli istiqbolda go`sht narxiga ta`sir ko`rsatadi”, - deyiladi Markaziy bank ma`lumotida.

 Ma`lumot uchun, ayni kunda suyakli go`sht 55 000 so`m, lahm go`sht 65 000 so`mdan sotilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1