1

“O`zbekneftgaz” va “LUKOYL” hamkorligi yanada mustahkamlanadi

Iqtisodiyot 08.03.2020, 11:48
“O`zbekneftgaz” va “LUKOYL” hamkorligi yanada mustahkamlanadi

Xabaringiz bor, 2020 yilning 5 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida o`tgan ushbu uchrashuvda “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevga ham tegishli ko`rsatma va topshiriqlar berildi.

"O`zbekneftgaz" Matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra,  6 mart kuni “O`zbekneftgaz” AJda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan berilgan ko`rsatma va topshiriqlar ijrosi yuzasidan “O`zbekneftgaz” Boshqaruvi tomonidan yig`ilish o`tkazildi.

Tadbirda O`zbekiston hududida geologiya-qidiruv sohasida, uglevodorod konlarini o`zlashtirish borasida kooperasiyani mustahkamlash maqsadida, “O`zbekneftgaz” AJ va “LUKOYL” kompaniyasi hamkorligining yangi bosqichi va “yangi yo`li” belgilab olindi va “Yo`l xaritasi” tuzildi.  

Unga ko`ra;

  • “LUKOYL” kompaniyasining ishlab chiqarish va qazib olish obe`ktlarini o`rganish va ushbu obe`ktlarda raqamli texnologiyalarning qo`llanishi bilan tanishish uchun “O`zbekneftgaz” AJ delegasiyasi a`zolari, Rossiyaning Perm o`lkasiga tashrif buyuradi.
  •  “O`zbekneftgaz” AJ va “LUKOYL” kompaniyasi “Raqamli kon” konsepsiyasi doirasida tajriba almashishdan tashqari, ishlab chiqarish davomida raqamli “ERP” tizimini qo`llashda o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yadi.
  •  Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun “O`zbekneftgaz” AJ va “LUKOYL” kompaniyasi hamkorligida qo`shma korxona, “Ilmiy-o`quv markaz tashkil etilishi, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida esa hamkorlikda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

Ta`kidlash kerakki, belgilab olingan rejalarni amalga oshirilishi, ikki tomonning kelishuvi asosida nazorat qilinadi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1