1

O`zbekistonda dastlabki raqamli bank tashkil etiladi

Iqtisodiyot 09.03.2020, 18:56
Teglar: O`zbekiston, raqamli bank
O`zbekistonda dastlabki raqamli bank tashkil etiladi

Tez orada yurtimizda ilk bor raqamli bank tashkil etiladi. Bu borada Markaziy bank 9 martda raqamli bank — «Anor bank» aksiyadorlik jamiyatini tashkil etishga ruxsatnoma berish to`g`risida qaror qabul qildi. Buni Markaziy bank matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha ruxsatnoma 6 oy muddatga beriladi. Bu vaqt davomida bank faoliyatini yo`lga qo`yish uchun qonunchilikda belgilangan qator talablarni bajarishi hamda bank ustav kapitali shakllantirilishi kerak.

Markaziy bank ilk bor «raqamli bank» tushunchasini 2018 yilda qonunchilikka kiritgan. 

Raqamli bank — innovasion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatini ko`rsatmasdan) bank xizmatlarini masofadan ko`rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.

Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy ko`rsatish bankning ichki tartib-qoidalariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

O`zbekiston Markaziy bankining "Anor" tezkor to`lovlar tizimining ushbu raqamli bankka aloqasi yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1