1

Bulung`urda daraxtda pomidor etishtirilmoqda

Iqtisodiyot 09.03.2020, 19:54
Teglar: Bulung`ur, pomidor
Bulung`urda daraxtda pomidor etishtirilmoqda

Bulung`ur tumanining Gulzor mahallasida yashovchi Sherali Xoldorov o`z tomorqasida daraxtda o`suvchi pomidorlarni etishtirmoqda. Bu haqda Xalq so`zi sayti xabar berdi

Ma`lum bo`lishicha Sh.Xoldorov 3 yil oldin 1 sotix maydonida issiqxona tashkil etgan. Hozir bu erda pomidorning noyob navlari hosil olmoqda. Xo`sh, u bunday urug`larni qaerdan olgan? 
— Harbiy xizmatni Shimoliy flotda o`taganman va shundan buyon har yili xizmatdosh do`stlar bilan ko`rishib turamiz, — deydi Sh.Xoldorov. — Issiqxona qurganimni eshitgan rossiyalik do`stim har yili noyob pomidor urug`larini keltirib beradi. Hozir mo``jazgina issiqxonamda pomidorning “Fantaziya”, “Zolotoy kupala”, “Ivanda Mariya”, “Chyorniy groz” kabi turlarini hamda “Banan”, “Kivi” kabi 450 xil navdagi ko`chatlarni parvarishlayapman. Bu urug`lardan qora va binafsharang pomidor onkologik kasalliklarda yaxshi foyda beradi, yurak tomirlarini kengaytiradi, ko`z nurini ravshanlashtiradi, buyrak faoliyatini yaxshilaydi. O`tgan yili esa Toshkentdagi ustozim Yaponiyaning Sapata kompaniyasining hali viloyatimizda yangilik bo`lgan “Adriatika F1” navini keltirib berdi.

Bundan tashqari, ko`p yillik daraxt pomidor ham o`stiryapman. Bu navli pomidorning bir tupidan 7-8 yoshga etganda yiliga 1,5 tonna hosil olish mumkin. Shu navdan issiqxonamda 4 tup bor.

"Qalovini topsang, qor ham yonadi" deyishadi. Ayrimlar sharoitimizga moslashgan mahalliy pomidor navlaridan yuqori hosil ololmayotgan bir paytda, samarqandlik tadbirkor antiqa pomidor navlarini iqlimimizga bo`ysundirib, mo`l olayotgani tahsinga sazovordir. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1