1

Boshlang`ich ta`limga majburiy bepul 1 yillik tayyorlash tizimi joriy etiladi

Jamiyat 10.03.2020, 16:16
Boshlang`ich ta`limga majburiy bepul 1 yillik tayyorlash tizimi joriy etiladi

“Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2019/2020 o`quv yilidan boshlab Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bepul 1 yillik tayyorlash tizimi to`liq joriy etiladi.

Maktabgacha ta`lim vazirligining bu boradagi asosiy vazifalari belgilandi. Jumladan, vazirlik maktabgacha ta`lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun tayyorlov guruhlarini shakllantiradi.

 Tayyorlov guruhlari uchun o`quv yili:

  •  2019/2020 o`quv yilida 2020 yil 10 martdan boshlanadi va 20 avgustda tugaydi;
  •  2020/2021 o`quv yilidan boshlab, har yili 2 sentyabrdan boshlanadi va keyingi yilning 25 mayida tugaydi.

 

Bog`chalar tomonidan hamda ulardan tashqari tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang`ich ta`limga tayyorgarlikdan o`tgan deb hisoblanadi va majburiy bepul 1 yillik tayyorlovdan ozod etiladi.

Bunda, ushbu muassasalarda tayyorgarlikdan o`tgan bolalarga boshlang`ich ta`limga majburiy 1 yillik tayyorlovdan o`tganlik to`g`risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Qaror bilan 2020–2025 yillarda bolalarni majburiy maktabgacha ta`lim bilan qamrab olishning maqsadli ko`rsatkichlari tasdiqlandi. Unga ko`ra, 2024/2025 o`quv yiliga kelib 6 yoshdagi bolalar maktabgacha ta`lim bilan 100 foiz qamrab olinadi.

Qaror bilan, shuningdek, Bolalarni boshlang`ich ta`limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko`ra, tayyorlov guruhlari bog`chalarda  (bog`cha mavjud bo`lmagan yoki etarli sharoit bo`lmaganda boshqa mos binolarda) tashkil etiladi.

Guruhlarda bolalarning bo`lish vaqti 3-4 soatni tashkil etadi va ta`lim-tarbiya jarayoni bir yoki ikki smenada tashkil etiladi, bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1