Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida ayolning jasadi yashash xonadonidan topildi. Bu haqda «Millar» dasturi xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, ayol va turmush o`rtog`i o`rtasida doimiy nizolar bo`lib turgan.
"Oilasida janjal tugamagan. 2022 yilda qattiq janjal bo`lib, oilamizga qaytib kelgan. Unga order olib berilgan.
"Biz uning o`limini ko`rmagan bo`lsak ham 3 yoshli o`g`lining o`zi ayamni dadam cho`p bilan urdi, deb aytib berdi", deydi marhumaning opasi.
Uyiga borganimizda, turmush o`rtog`i bizning oilamiz tinch derdi. Kelinchak yaxshi ayol edi. Hamma joyi toza, ozoda o`tirardi.
Eri esa tozalamaydi deb vaj qilardi. Bundan tashqari ayol bilan gaplashganimizda eri uni Telegram va Instagram'da kimlar bilandir yozishganini aytib, janjal qilgan. Asosan rashk sabab bo`ldi deb o`ylayman",- deydi mahalla xotin-qizlar faoli.
Aniqlanishicha, marhuma turmush o`rtog`i tomonidan qasddan bir necha marta urib, tan jarohatlar etkazilib, bo`g`ishi oqibatida vafot etgan. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda