1

Endi grant o`rinlari eng yuqori ball to`plaganlar tanlovi asosida belgilanadi

Jamiyat 06.05.2024, 21:54
Endi grant o`rinlari eng yuqori ball to`plaganlar tanlovi asosida belgilanadi

Endi davlat granti o`rinlari eng yuqori ball to`plagan abiturientlar tanlovi asosida belgilanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida oliy ta`lim tizimi bo`yicha bo`lgan taqdimotda aytib o`tildi.

6 may kuni Prezident huzurida oliy ta`lim yo`nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo`yicha takliflar muhokama qilindi.

Bugungi kunda bakalavriatda 306 ta yo`nalish, magistraturada 625 ta mutaxassislik bor. Lekin ularning ayrimlari xalqaro standartlar va zamonaviy mehnat bozori talablariga mos emas. Bu bitiruvchilarda to`liq malaka shakllanishi va ularning ishga joylashishida muayyan qiyinchiliklar tug`dirmoqda.

Shu bois ta`limning xalqaro tasnifi, ilg`or xorijiy tajriba asosida bakalavriat va magistratura yo`nalishlarini qayta ko`rib chiqish hamda ayni paytda talab yuqori bo`lgan sohalarda yangi yo`nalishlar ochish bo`yicha takliflar bildirildi.

Oliy o`quv yurtlarida ta`lim jarayonlarini raqamlashtirgan holda dekanatlar va boshqa ma`muriy tuzilmalarni optimallashtirish masalasi ham muhokama etildi. Shu nuqtai nazardan, 1 sentyabrga qadar o`quv jarayonlarini to`liq qayta ko`rib chiqib, yangi tizimni joriy etish bo`yicha ko`rsatma berildi.

Keyingi asosiy masala bu – oliy ta`limga qabul tizimini yanada adolatli qilish va davlat grantlarini iqtidorga yo`naltirish. Hozirgi qabul tizimi, kvotalarning taqsimlanishi raqobatni to`liq ta`minlamayapti. Ayrim abiturientlar yuqori ball to`plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o`qishga kirolmay qolishi mumkin.  

Yangi tartibga ko`ra, muayyan bir yo`nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to`plagan abiturient, tanlagan oliy ta`lim muassasasidan qat`i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya`ni, yuqori ball olgan yoshlar o`qishga kirmay qolmaydi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1