1

Koronavirus amaldagi investisiya loyihalariga ta`sir qilmaydi

Iqtisodiyot 10.03.2020, 18:55
Teglar: investisiya, koronavirus
Koronavirus amaldagi investisiya loyihalariga ta`sir qilmaydi

Yangi turdagi koronavirus epidemiyasi butun dunyo bo`ylab tez sur`atlarda tarqalib bormoqda. Halqaro nashrlarning xabar berishicha koronavirus sabab jahon iqtisodiyoti 2,7 trillion dollargacha zarar ko`rishi mumkin.  

Yuzaga kelgan vaziyatning viloyatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta`sirini minimallashtirish maqsadida viloyat hokimi o`rinbosari Jamshid Abdusalomov xorijiy investorlar, loyiha tashabbuskorlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, shahar va tuman hokimlari bilan uchrashdi.  

Jamshid Abdusalamovning qayd etishicha, xalqaro tovar va moliya bozorlarida yuzaga kelgan vaziyatning ta`siri viloyat iqtisodiyotiga neytral deb baholangan.

Ochiq suhbat davomida investisiya loyihalarini amalga oshirishda jalb etiladigan xorijiy investisiyalarning respublikaga kirishi, olib kelinishi rejalashtirilgan asbob-uskunalarning o`z muddatida etkazib berilishi, imzolangan shartnomalarga asosan mahsulotlar eksportini amalga oshirish muhokama qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1