1

Koronovirusdan himoyalanish bo`yicha 4 savolga javob

Jamiyat 16.03.2020, 16:06
Koronovirusdan himoyalanish bo`yicha 4 savolga javob

 1. Tanaga spirt yoki xlor purkash tojsimon virusni yo`q qila oladimi?

Yo`q, tanaga spirt va xlorni purkamaslik kerak. Ular tanaga kirgan viruslarni yo`q qila olmaydi. Aksincha, ulardan foydalanish kiyim, ko`z va og`iz uchun zararli bo`lishi mumkin. Spirt va xlordan foydalanish tavsiya etilgan o`rinlarda qo`llanilsa, spirt yuzalarni dezinfeksiyalash uchun foydali bo`ladi.

2. Tojsimon virus uzoq masofalarga havo orqali tarqalishi mumkinmi?

Yo`q, tojsimon virus uzoq masofalarga havo orqali tarqal- maydi. Bu virus asosan yo`talgan yoki aksirgan paytda kasal odamning og`zidan yoki burnidan sachragan tomchilar orqali yuqadi. Bu tomchilar og`ir bo`lgani uchun havo orqali uzoq masofalarga etib borishi mumkin emas. Lekin o`sha yo`tal yoki aksa urishdan sachragan tomchilar tekkan sirtga yoki narsaga tegib, keyin qo`lini ko`zga, og`izga yoki burunga tekkizgan odamga ham yuqishi mumkin. Shuning uchun qo`llarni spirtli vositalarda tez-tez tozalash yoki ularni sovun bilan yuvib turish kerak.                      

3. Ishlatilgan niqoblarni qayta ishlatish mumkinmi? Niqoblarni qo`lni dezinfeksiyalash vositasi bilan dezinfeksiya qilish mumkinmi?

Yo`q, ishlatilgan niqoblarni qayta ishlatish yoki ishlatil- gandan keyin dezinfeksiyalash mumkin emas. Nafas yo`li yuqumli kasalligiga chalingan, jumladan, tojsimon virus yuqtirib olgan kishi bilan muloqotda bo`lsangiz, niqobning tashqi tarafiga infeksiya tushgan bo`ladi. Shuning uchun niqob- ning o`sha tashqi tarafiga qo`l tekkizmay turib, undan xalos bo`lish kerak. Niqobni echgandan keyin qo`llarni spirt bilan ishqalash yoki sovunlab yuvish shart.

4. Homilador ayollar tojsimon virus infeksiyasiga ko`proq moyil bo`ladimi yoki infeksiya asoratlari ularga ko`proq ta`sir qiladimi?

Homilador ayollarning tojsimon virusga chalinish ehtimoli ko`proq ekani yoki infeksiya asoratlariga ko`proq moyil ekani haqida aniq tasdiqlangan ilmiy-tadqiqotlar xulosasi yo`q. Lekin umuman olganda, homilador ayollarda immunitet biroz pasayishi yoki boshqa fiziologik o`zgarishlar kuzatiladi, natijada ular nafas yo`llari infeksiyasiga nisbatan ko`proq zaiflashib qolishi mumkin. Shuning uchun gigiena qoidalariga amal qilgan holda bu virusning ularga yuqishidan ehtiyot bo`lish, qo`llarni doim yuvib yurish, kasallanganlardan chetlanish kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1