1

Bugun O`zbekistonda havo +35 daragacha isiydi

Jamiyat 08.05.2024, 06:41
Bugun O`zbekistonda havo +35 daragacha isiydi

"O`zgidromet" bugun O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, bugun Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 31-33° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`iryog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 28-33° bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYoVILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°, ba`zi joylarda 
38° gacha bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog`li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 17-12° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1