“O`zbekiston temir yo`llari” Amudaryo tumanida Amudaryo ustidan o`tgan yangi avtomobil va temiryo`l ko`prigi 7-9 may kunlari avtotransportlar harakati uchun to`xtatilishi haqida xabar berilgan edi.
Kompaniya e`lon qilgan dastlabki xabarda jihozlash bo`yicha qo`shimcha ishlar olib borilishi, shu sababli 7 may kuni soat 14:00 dan 9 may soat 14:00 gacha ko`prikda avtotransport vositalari harakati vaqtincha to`xtatilishi aytilgandi.
Kecha bir necha soat o`tib, ushbu ko`prik yopilmasligini ma`lum qilindi.
Shunday qilib, ko`prikda avtotransportlar qatnovi odatdagi rejimda davom etadi.
08.05.2024 07:56