1

“O`zbekneftgaz”: “Janubiy O`rtabuloq”dagi ta`mirlash ishlariga amerikalik mutaxassislar jalb qilindi

Iqtisodiyot 17.03.2020, 14:30
“O`zbekneftgaz”: “Janubiy O`rtabuloq”dagi ta`mirlash ishlariga amerikalik mutaxassislar jalb qilindi

Muborak neft va gaz qazib olish boshqarmasidagi “Janubiy O`rtabuloq”  siquv kompressor stansiyasi “Janubiy O`rtabuloq” konidagi quduqlardan tabiiy gaz qazib olinishining samaradorligini oshirish maqsadida  qurilgan.  

Ushbu stansiyadagi GHA-300 gaz haydash agregati mukammal ta`mirlashga muhtoj bo`lib qolgan edi. Ta`mirlash ishlarini sifatli bajarish maqsadida “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev topshirig`iga asosan,  AQShning “Eritex Inc.” kompaniyasidan malakali mutaxassislar jalb etildi.  

Xorijlik mutaxassislar hamda Boshqarmaning etakchi mutaxassislari hamkorligida GHA-300ga o`rnatilgan “Caterpillar G3608” rusumli gazoporshenli dvigatelida ta`mirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Natijada GHA-300 gaz haydash agregatining uzluksiz, bir me`yorda ishlashi ta`minlanishiga hamda tabiiy gaz qazib olish hajmining qisqarishini oldini olishga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1