1

Markaziy bank koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatidagi ehtimoliy kredit risklari ta`sirini yumshatish bo`yicha tavsiyalar berdi

Iqtisodiyot 17.03.2020, 18:44
Teglar: kredit, mijoz, koronavirus
Markaziy bank koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatidagi ehtimoliy kredit risklari ta`sirini yumshatish bo`yicha tavsiyalar berdi

O`zbekiston Markaziy banki koronavirus tarqalishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ehtimoliy xatarlarning oldini olish bo`yicha barcha tijorat banklariga bir qator tavsiyalar berdi

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida vujudga kelishi mumkin bo`lgan kredit risklari ta`sirini yumshatish choralari yuzasidan 

Markaziy bank koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli tadbirkorlik sub`ektlarida kreditlarni qaytarish bilan bog`liq salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida barcha tijorat banklariga:

•  koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan va loyihalarni ishga tushirish muddatlari kechikayotgan korxonalar, shu jumladan, turizm va xalqaro yuk tashish sohalari, asosiy kontragentlari koronavirus infeksiyasi eng ko`p tarqalgan davlatlarda joylashgan korxonalar hamda O`zbekistonda koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi bevosita faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan korxonalarga ajratilgan kreditlarni qaytarish imkoniyatlarini to`liq va puxta o`rganish;  

•  o`rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, mijozlarning real pul oqimlari va imkoniyatlari hamda loyihalarni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlaridan kelib chiqib, kreditning asosiy qarzini qaytarish bo`yicha 2020 yil 1 oktyabriga qadar imtiyozli davr berish hamda yakuniy to`lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan kredit shartnoma shartlariga o`zgartirish kiritish masalasini ko`rib chiqish tavsiya qilinadi.

Bunda tijorat banklariga yuqoridagi tavsiyalarga asosan shartlari qayta ko`rib chiqilgan kreditlar sifatining tasnifini o`zgartirmaslik huquqi beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1