1

Koronavirus infeksiyasi haqida ishonchli manbaga ega bo`lgan sayt ishga tushirildi

Hi-tech 20.03.2020, 19:28
Teglar: sayt, koronavirus
Koronavirus infeksiyasi haqida ishonchli manbaga ega bo`lgan sayt ishga tushirildi

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan http://coronavirus.uz rasmiy veb-sayti yaratildi. Unda siz koronavirus infeksiyasi to`g`risidagi barcha kerakli ma`lumotlarni olishingiz mumkin. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi  ma`lum qildi.

Xususan, unda jahon va O`zbekistondagi epidemik vaziyat, har kunlik tezkor va ishonchli manbalardan olingan so`nggi yangiliklar taqdim etib boriladi. Shuningdek, hududiy sog`liqni saqlash boshqarmalari, Tashqi ishlar vazirligi hamda mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan bog`liq ma`lumotlar bilan ham tanishishingiz mumkin.

Ushbu rasmiy sayt orqali berib boriladigan foydali ma`lumot va kerakli tavsiyalar jamoatchilikning xabardorlik darajasini yanada oshirishga yordam berishi shubhasiz.

Eslatib o`tamiz, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan 1003 yagona qisqa raqamli Call-markaz ham ishga tushirilgan edi. Fuqarolarimiz ushbu makrkazga qo`ng`iroq qilib, koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq savollarga mutaxassislardan tibbiy asoslangan javoblar va tavsiyalar olishmoqda. Shuningdek, Koronavirus Info telegram kanali ham yo`lga qo`yilgan bo`lib, unda bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tayyorlangan koronavirus infeksiyasiga oid har kunlik ishonchli ma`lumotlar e`lon qilib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1