1

Ilk marta ayol kishi soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi

Iqtisodiyot 26.03.2020, 19:23
Teglar: ayol, soliq qo`mitasi
Ilk marta ayol kishi soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi

Davlat soliq qo`mitasi buyrug`iga binoan Islomova Nargis Zaribdjanovna Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda DSQ axborot xizmati xabar berdi.

Nargis Islomova yangi lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o`rganishlar bo`limi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma`lumot o`rnida, Islomova 1970 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. U Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalashtirish muhandislari institutini Muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan.  U 1993 yildan buyon davlat soliq organlari tizimida mas`uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda. 

Shuningdek, Islomova Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1