1

Koronavirusdan tuzalgan odamning qonini quyish bilan kasallanganlarni davolash mumkinmi?

Salomatlik 28.03.2020, 13:24
Teglar: koronavirus, qon quyish
Koronavirusdan tuzalgan odamning qonini quyish bilan kasallanganlarni davolash mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekovning aytishicha, gemoragik lixoradka kasalligida tuzalgan odamning qonini quyish bilan davolash birinchi marta O`zbekistonda amalga oshirilgan.

«Koronavirus infeksiyasiga keladigan bo`lsak, bitta narsani anglab etaylik, o`sha kasallanib sog`aygan odamning qonini quygan paytimizda shu odamning antitelasi bor qonini quyamiz. U organizmning immun tizimi shakllanishiga yordam beradi. Demak, hali bizda bu kasallikdan sog`ayib ketgan bemor yo`q. Demak, hali bizda viruslardan tozalangan, tarkibida virus bo`lmagan, koronavirus virusiga qarshi shakllanib ulgurgan, to`liq quvvatga ega bo`lgan antitelali qon ham yo`q. 

Demak, bizda bu kabi amaliyotni sinab ko`rish ehtiyoji birinchi navbatda bo`lmasin, bo`ladigan bo`lsa, buni keyingi rejalarimizda ko`rishimiz mumkin bo`ladi. Aks holda hozir shu bemorlarning qonini quyish bu qo`shimcha bemorlarning kasallanishiga olib keladigan holat».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1