AsosiySalomatlik

Derazani ochish shunchalik xavflimi? Kasallik yuqmasligi uchun eshik va derazalarni yopiq turishi shartmi?

'Derazani ochish shunchalik xavflimi? Kasallik yuqmasligi uchun eshik va derazalarni yopiq turishi shartmi?'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o`tkazilmoqda.  

Savol:

Kasallik oila-a`zolirimizga yuqmaslik uchun eshik va derazalarni yopib o`tiribmiz, derazani ochish shunchalik xavflimi?

— Aslida eng yaxshi antiseptik vosita bu toza havo, uyda bo`lganingizda deraza oynalarini to`liq yopib o`tirishingiz kerak emas.  

Imkon qadar xona havosini tez-tez yangilab tursangiz, u erdagi viruslar miqdori (konsentrasiyasi) kamroq bo`ladi. Toza havoda (ko`chada) niqobni taqib yurishingiz talab etilishining sababi: o`zingiz bilmagan holda bemorlar bilan muloqotda bo`lishingiz, yonidan o`tishingiz, gaplashishingiz natijasida kasallik yuqishidan saqlaydi.

 

    Boshqa yangiliklar