AsosiyDunyo

Tailand qiroli 20 nafar kanizagi bilan mehmonxonaga izolyasiya qilindi

'Tailand qiroli 20 nafar kanizagi bilan mehmonxonaga izolyasiya qilindi'ning rasmi

Tailand qiroli Maxa Vachiralongkorn Bavariyadagi Grand Hotel Sonnenbichl mehmonxonasining barcha nomerlarini band qildi. Mehmonxona Alp tog`lari yaqinidagi Garmish-Partenkirxen kurortida joylashgan. Bu haqda effekt internet nashri yozmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, qirol izolyasiyaga bir o`zi emas, 20 nafar kanizakdan iborat bo`lgan haram bilan birga joylashgan.

Germaniyaga kirish hamda chiqish taqiqlangan bo`lsa ham, Tailandning 67 yoshli qiroli uchun maxsus ruxsatnoma berilgan. Alp kurortlaridagi barcha uy va mehmonxonalar koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan aloqador holatda yopiq bo`lishiga qaramay, mehmonxona qirol va uning harami uchun ochib berilgan.

Ma`lumot uchun, ayni vaqtda Tailandda ham koronavirus avj olgan, uni yuqtirib olganlar soni 1388 nafar insonni tashkil qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar