Armanistonda referendum kechiktirildi va koronavirus tufayli favqulodda holat joriy etildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
Armanistonda Konstitusiyaviy sudning ko`pchilik a`zolari iste`fosi to`g`risidagi 5 aprelga belgilangan referendumi kamida 50 kunga qoldirildi. Bu COVID-19 koronavirusi tarqalishi tufayli Armaniston hukumati bir oy davomida favqulodda holat joriy etgani bilan bog`liq.