1

Toshkentdagi koronavirusga chalingan bemorlar aynan qaerlarda bo`lgani haqida xarita e`lon qilindi

Hi-tech 03.04.2020, 19:27
Teglar: Sovid-19, O`zbekiston
Toshkentdagi koronavirusga chalingan bemorlar aynan qaerlarda bo`lgani haqida xarita e`lon qilindi

Koronavirus infeksiyasi dunyoning deyarli barcha davlatlariga tahdid solib turgan bir paytda aholi o`rtasida targ`ibot ishlarini samarali va to`g`ri tashkil qilish, fuqarolarni ishonchli va to`laqonli ma`lumotlar manbasi bilan ta`minlash juda muhim.

Ayni vaqtda Sog`liqni saqlash vazirligi ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asoslanib, fuqarolarimizning har bir murojaati e`tibordan chetda qolmasligi uchun ularni qiziqtirgan savollariga 1003 qisqa raqami orqali batafsil javob berishni yo`lga qo`ygan.

Shuningdek, fuqarolarning savollariga tibbiy asoslangan javoblarni berishga qaratilgan “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ hamkorligida onlayn telegram bot ishga tushirilgan.

Tizimda yana bir qulaylik, ya`ni bemorlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

“COVID-19 “ bilan kasallanganlar mamlakatimizning qaysi hududlaridan, ular ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida davolanishni boshlashlaridan avval qaysi joylarda bo`lishgan, ehtiyot choralarini ko`rish uchun ular bilan muloqot ehtimolini qanday bilish va oldini olish mumkin? Mazkur savollar ko`pchilikni qiziqtirishi tabiiy.

Ushbu savollarga javob berish maqsadida vazirlikning COVID-19 bo`yicha rasmiy sayti (http://coronavirus.uz)da “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ hamkorligida yangi funksiya yaratildi. Ya`ni, birinchisi, saytda kasallik qaysi hududlarda tasdiqlanganini ifoda etuvchi xarita bilan tanishish mumkin.

Ikkinchisi esa, ushbu xarita ostida “Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning epidemiologik marshruti” tugmasini bossangiz bemorlarning shifoxonaga kelishlaridan avval qaerlarda bo`lganliklarini ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Ushbu ma`lumotlarni olgach, ehtiyotkorlik yuzasidan bu hududlarga bormaslikka harakat qiling, o`zingiz va yaqinlaringizni asrang! Shifokorlarga chin dildan yordam bermoqchi bo`lsangiz, uyda qoling!

Eslatib o`tamiz, Sog`liqni saqlash vazirligi fuqarolardan ishonchli va to`laqonli ma`lumot olish uchun 1003 qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilishlari hamda vazirlikning rasmiy sayti (www.minzdrav.uz) va telegram kanali (t.me/ssvuz), COVID-19 bo`yicha rasmiy sayti (http://coronavirus.uz), “coronavirusyordam” telegram bot kanalidan foydalanishlarini tavsiya etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1