AsosiyJamiyat

"Moody's" O‘zbekistonning reyting prognozini "barqaror"dan "ijobiy"ga o‘zgartirdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ushbu holatga munosabat bildirdi.

'"Moody's" O‘zbekistonning reyting prognozini "barqaror"dan "ijobiy"ga o‘zgartirdi'ning rasmi

Saida Mirziyoyeva “Moody's” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi bo‘yicha prognozini “barqaror“dan “ijobiy“ga o‘zgartirganidan xursand ekanini bildirdi.

Bu Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar dasturiga berilgan ijobiy baho, shuningdek, tanlangan yo‘l to‘g‘riligining tasdig‘i bo‘ldi, — deydi Prezident yordamchisi.

Bugungi kunda O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sishga qodirligini namoyon etayotgan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda. Bu sa’y-harakatlarning barchasi IV Toshkent xalqaro investitsiya forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilganida o‘z aksini topdi.

Prognozning yaxshilanishi 2030 yilga borib O‘zbekistonning kredit reytingini ishonchli investitsion darajaga ko‘tarish bo‘yicha qo‘yilgan maqsad sari birinchi qadamdir. Shu bilan birga, ko‘zlangan maqsadga faqat umumiy sa’y-harakatlar bilangina, iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish orqali erishish mumkinligini anglash muhim, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:34

    'Toshkent viloyatida 3 nafar bola suvda cho‘kib, vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:42

    'Buxoroda tomorqasida ko‘knor yetishtirayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:46

    Buxoroda tomorqasida ko‘knor yetishtirayotgan shaxs ushlandi

    Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

    'ChatGPT'dan diniy savollarga javob olsa bo‘ladimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:43

    ChatGPT'dan diniy savollarga javob olsa bo‘ladimi?

    Musulmonlar idorasi ushbu savolga javob berdi.

    'Bugun harorat 42 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:57

    Bugun harorat 42 darajagacha ko‘tariladi

    15 iyun kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.06.2025 21:34

    O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi

    Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.