1

Karantin tufayli xodimdan o`z hisobidan ta`tilga chiqishni talab qilish to`g`rimi?

Iqtisodiyot 05.04.2020, 15:43
Teglar: karantin, ta`til
Karantin tufayli xodimdan o`z hisobidan ta`tilga chiqishni talab qilish to`g`rimi?

Bugun AOKA shtabida O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyozmetova ishtirokida brifing bo`lib o`tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan vazirlik faoliyatiga oid ko`tarilgan savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Temir yo`l tizimida ishlayman. Karantin tufayli va korxonamiz vaqtincha ishlamasligi ma`lum qilinib, bizdan kadrlar bo`limi boshlig`i o`z hisobimizdan 15 kunga ish haqi saqlanmagan holda ta`tilga chiqish uchun ariza yozib berishimizni talab qildi. Shoshib tezda ariza yozib berdim. Biroq, OAVda karantin davridagi ta`tillar uchun ish haqlari to`liq to`lanadi deyilmoqda. Qonuniy tartibi qanday?

Mehnat qonunchiligida idoraviy bo`ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar, barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga ta`sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta`tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib («onlayn» rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralarini ko`rish belgilangan.  

Sharhlar

Karantinda mehnat ta`tili tugab, ishga chiqishi kerak bo`lgan xodim o`z hisobidan otpuskaga yuboriladimi?

26.03.2020, 18:31

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda karantinning mehnat ta`tiliga ta`siri borasidagi savoliga javob...
Karantindagi ta`til sabab yozda ta`til berilmaydimi?

22.03.2020, 15:26

AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Uzoqboy Begimqulov ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifing "O`zReport" telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatildi. Muxlislar onlayn tarzda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1