1

Bloger Qashqadaryo xalqiga 100 qop un yubordi

Iqtisodiyot 06.04.2020, 19:47
Teglar: bloger, koronavirus
Bloger Qashqadaryo xalqiga 100 qop un yubordi

Bugun huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyberdiev Qashqadaryoga 100 qop un etkazdi.

X.Xudoyberdiev yuborgan un mahsuloti Chiroqchi tumanidagi homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga olib kelindi. Bu yuk talab darajasidagi dizenfeksiya qilingandan so`ng, bir qator boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ham qo`shilgan holda olis qishloqlardagi ehtiyojmand oilalarga etkaziladi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligining matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar berdi.

"Sinovli kunlardagi birdamlik uchun viloyat hokimligi Xushnudbek Xudoyberdievga o`z minnatdorchiligini bildiradi", deyiladi xabarda.

Avvalroq ham bloger «O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga 30 million so`m o`tkazgani ma`lum qilingan edi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1