1

Dyson kompaniyasi yangi uyni butunlay changdan tozalovchi V6 Mattress cleaner changyutkichini taqdim etmoqda

Hi-tech 20.04.2015, 16:04
Dyson kompaniyasi yangi uyni butunlay changdan tozalovchi V6 Mattress cleaner changyutkichini taqdim etmoqda

Dyson kompaniyasi antiqa V6 Mattress cleaner nomli changyurtkichni ishlab chiqardi. Ushbu changyutkich uyning nafaqat poli va gilamlarini, balki havosini ham changlardan halos qilish hususiyatiga ega. V6 Mattress cleaner ayniqsa, allergiyaga moyil insonlar uchun ayni muddao. U HEPA- filtri bilan jihozlangan, tozalash ishlarini raqamli dasturlash tarzida olib boradi.

“Biz chang va uning insonga keltiradigan zararini kamaytirish uchun qo`limizdan kelgan barcha ishni qildik. V6 Mattress cleaner bizning bir necha yillik mehnatlarimiz samarasi. U odamlarning sog`lom turmush tarzini kechirishlariga yordam beradi, deb umid qilamiz”, deydi Dyson kompaniyasining rahbari Jeyms Dayson.

Aytish lozimki, V6 Mattress cleaner changyutkichlari bugundan, 20 apreldan boshlab sotuvga chiqariladi. Uning narxi 249,99 AQSh dollarini tashkil etmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1