1

Suv sport bo`yicha jahon chempionati 2022 yilga qoldirildi

Sport 08.05.2020, 20:04
Suv sport bo`yicha jahon chempionati 2022 yilga qoldirildi

2021 yining may oyida Tokioning Fukuoka shahrida suv sport bo`yicha jahon chempionati tashkillashtirilishi lozim edi. Biroq2020 yilda shtkazilishi kerak bshlgan  Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlarining koronavirus pandemiyasi tufayli bir yilga qoldirilishi ko`plab sport turlari bo`yicha 2021 yilga mo`ljallangan jahon chempionatlarining muddatlariga jiddiy ta`sir ko`rsatyapti.

Ikki yilda bir o`tkaziladigan suv sport bo`yicha dunyo birinchiligi endilikda 2022 yilga qoldirildi. Yangilangan sanaga ko`ra bellashuvlar 2022 yilning 13-29 may kunlariga belgilandi.

Shu tariqa, ushbu sport turining ashaddiy muxlislari besh yil davomida ketma-ket xalqaro turnirlarga guvoh bo`ladigan bo`lishdi.

Ya`ni,

2021 yil: Tokio Olimpiadasi
2022 yil: Jahon chempionati (2021 yildan qoldirilgan Yaponiya, Fukuoka)
2023 yil: navbatdagi jahon chempionati (Qatar, Doxa)
2024 yil: navbatdagi Parij Olimpiadasi
2025 yil: navbatdagi jahon chempionati (Rossiya, Qozon)
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1