Prezident qarori: Jizzax viloyatining 116,3 ming gektar qo`shimcha er maydonlari qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashtiriladi

Siyosat 12.05.2020, 08:37
Prezident qarori: Jizzax viloyatining 116,3 ming gektar qo`shimcha er maydonlari qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashtiriladi

Prezident “Respublika hududlarini qishloq xo`jaligi  mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko`ra:

*  Eksperiment tariqasida 2020–2022 yillar davomida Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qo`shimcha er maydonlari bog`dorchilik va uzumchilik, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va dorivor o`simliklar etishtirish hamda issiqxona xo`jaliklariga yo`nalishlariga ixtisoslashtiriladi.  

* Zomin tumanidagi dengiz sathidan 1–1,5 ming metr balandlikda bo`lgan Qoramozor hududidan 20 gektar er maydoni Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti balansiga o`tkaziladi.  

*  Zafarobod tumani F. Xo`jaev massivida joylashgan 30-son manzil koloniyasiga qarashli 513 gektar samarasiz foydalanib kelinayotgan sug`oriladigan er maydoni 2400 boshli go`sht yo`nalishidagi chorva kompleksini tashkil etish sharti bilan loyiha tashabbuskorlariga tanlov asosida ajratib beriladi.  

  2021 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar:  

*chetdan olib kirilayotgan urug`lar, ko`chatlar va payvandtaglar, mineral o`g`itlar, o`simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomg`irlatib sug`orish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari bojxona bojidan ozod etiladi.  

* Uzum etishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasining 6 mlrd. so`m mablag`lari evaziga 6 dona burg`ilash mashinasi xarid qilinib, Jizzax viloyati fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashiga beg`araz ajratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1