AsosiySiyosat

“Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ilk katta intervyusida davlat boshqaruvi, islohotlar va shaxsiy qarashlari haqida ochiq fikr bildirdi.

'“Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?'ning rasmi

Bu intervyu faqat shaxs yoki lavozim haqida emas, balki mamlakatda olib borilayotgan o‘zgarishlarning ichki “mexanizmi” haqida ham muayyan tasavvur beradi.

Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, Prezident administratsiyasining asosiy vazifasi — strategik yo‘nalishlarni belgilash va ijro tizimiga aniq yo‘l xaritasini taqdim etishdan iborat. U bugungi davrni islohotlar davri deb atab, bu jarayon doimiy nazorat, xolis axborot va shaxsiy mas’uliyatni talab qilishini qayd etdi.

Intervyuda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning ish uslubiga ham to‘xtalib o‘tildi. Saida Mirziyoyevaning ta’rificha, Prezident insonni tinglaydigan, fikrga hurmat bilan yondashadigan va jamoa rivojlantira oladigan rahbar. Islohotlar esa faqat ma’muriy qattiqqo‘llik bilan emas, balki moslashuvchanlik va siyosiy donolik orqali samara beradi.

Prezident administratsiyasi oldida turgan besh ustuvor yo‘nalish ham aniq sanab o‘tildi: suv, ta’lim, tibbiyot, biznes muhiti va sud-huquq tizimi. Ayniqsa, suv masalasi kelajak uchun eng jiddiy chaqiriqlardan biri sifatida qayd etildi. Ta’lim va tibbiyotdagi islohotlar esa uzoq muddatli jarayon bo‘lib, tezkor natija kutish noto‘g‘ri ekani ochiq aytildi.

Sud-huquq tizimi esa intervyuda alohida urg‘u bilan tilga olindi. Saida Mirziyoyevaning fikricha, adolatli va shaffof sud tizimisiz biznesni rivojlantirish ham, investitsiya jalb etish ham, fuqarolar ishonchini mustahkamlash ham amrimahol. Qonun ustuvorligi — barcha islohotlarni bog‘lab turuvchi asosiy ustun.

Shaxsiy qarashlari haqida so‘z yuritar ekan, Mirziyoyeva xalqaro diplomatiya va muloqotni o‘ziga yaqin yo‘nalish sifatida ta’rifladi. Uning aytishicha, insonlar bilan ochiq muloqot qilish, hamkorlikni kuchaytirish va ishonchli aloqalar o‘rnatish islohotlar samarasida muhim o‘rin tutadi. “Har bir inson muhim” degan tamoyil esa davlat boshqaruvida asosiy mezon bo‘lib qolmoqda.

Intervyuda Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlanish sabablariga ham ishora qildi. Uning ta’kidlashicha, davlat rahbariga joylardagi real holatni yashirmasdan yetkazib beradigan tizim zarur edi. Ya’ni faqat hisobot emas, balki haqiqiy manzarani ko‘ra oladigan, ijroni nazorat qiladigan va mas’uliyatni his etadigan mexanizm.

Bu intervyuni oddiy suhbat emas, balki jamiyatga berilgan ishora sifatida ham qabul qilish mumkin: islohotlar yuqoridan tushgan qarorlar bilan emas, balki ochiq muloqot, ishonch va adolat orqali amalga oshirilishi lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Abdulaziz Komilov Oʻzbekiston nega Tinchlik kengashiga qoʻshilganini tushuntirdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 10:13

    Abdulaziz Komilov Oʻzbekiston nega Tinchlik kengashiga qoʻshilganini tushuntirdi

    Эслатиб ўтамиз, Президент Шавкат Мирзиёев Дональд Трамп билан Тинчлик кенгаши тўғрисидаги битимни имзолади.

    'Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashi Nizomini imzoladi'ning rasmi

    Siyosat 22.01.2026 12:27

    Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashi Nizomini imzoladi

    Kengash tarkibidan jahonning turli mamlakatlaridan nufuzli va ta'sirga ega yetakchilar o‘rin oldi.

    'Prezident Shavkat Mirziyoev Shveytsariyaga tashrif bilan keldi'ning rasmi

    Siyosat 22.01.2026 03:52

    Prezident Shavkat Mirziyoev Shveytsariyaga tashrif bilan keldi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Shveytsariyaning Syurix shahriga etib keldi.

    'Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat 21.01.2026 14:13

    Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaga jo‘nab ketdi

    Prezident ushbu tashrif doirasida Donald Trampning taklifiga binoan Tinchlik Kengashi nizomi imzolanish marosimida ishtirok etadi.

    'Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.'ning rasmi

    Siyosat 19.01.2026 15:04

    Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.

    Shavkat Mirziyoyevga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi yuzasidan axborot berildi.

    'Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi'ning rasmi

    Siyosat 15.01.2026 13:05

    Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi

    Fuqarolarni xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.