O‘zbekiston U-21 terma jamoasining 2026 yilgi OFK U-23 Osiyo kubogida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi. Ro‘yxatdan jami 23 nafar futbolchi o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bosh murabbiy Ravshan Haydarov yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionati uchun yakuniy tarkibni tasdiqlagan.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi turnirdagi ishtirokini 7 yanvar kuni Livanga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi OFK U-23 Osiyo kubogi 23 yoshgacha bo‘lgan erkaklar milliy terma jamoalari o‘rtasida har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Ushbu musobaqa qit’aviy chempionatning 7-turniri hisoblanadi.
Musobaqa Saudiya Arabistonida tashkil etiladi va final bosqichida jami 16 ta jamoa ishtirok etadi.






