BOLA VA SMARTFON: U smartfonni nima qilyapti, uni qanday nazoratga olsa bo`ladi?

Hi-tech 13.07.2015, 15:36
BOLA VA SMARTFON:  U smartfonni nima qilyapti, uni qanday nazoratga olsa bo`ladi?

Zamonaviy texnologiyalar bugun hayotimizning bir qismiga aylangani shubhasiz. Yurtimizda ham zamonaviy texnologiyalar kirib bormagan xonadon bo`lmasa kerak. Ammo voyaga etmagan farzandlarimiz ham uning asosiy foydalanuvchilari hisoblanadi. Planshet yoki smartfonlardagi har bitta funksiyadan ular bemalol foydalana olishadi. Lekin mazkur texnologiyalarning barcha funksiyasi ham ularning foydalanishiga mo`ljallanmagan. Ushbu sahifada biz ana shu taqiqlarni qanday qo`llash mumkinligi haqida to`xtalib o`tamiz. Masalan, bolalarning planshet yoki smartfondan foydalanayotganda imkoniyatlar doirasini chegaralash, bola yo`qolgan taqdirda uning joyini aniqlash va uni istalmagan kontentlardan himoya qilish yo`llari qanday?

ChEKLOVLAR QO`YaMIZ…

Android uskunalari foydalanuvchilaridan boshlaymiz. Bunda esa begona ilovalarning yordamiga murojaat qilishimiz lozim. «PlayPad ota-onalar nazorati» va «PlayPad masofadagi nazorat» kabi dasturlari yordamida ota-onalar o`zlari istagan maqsadlarga erishishlari mumkin. Barcha funksiyalarni sanab o`tmaymiz, sababi bu juda ko`p vaqtni oladi. Shuni aytish mumkinki, uning yordamida pullik dasturlarni sotib olish, istalmagan saytlarga tashrif buyurish, ma`lum yosh cheklovlarni o`rnatish, bolaning ayni damdagi joyini bilib olish, gadjet oldida o`tkazilgan vaqtni nazorat qilish va boshqa yana ko`p narsaning imkoni mavjud.

Nima qilish kerak?

Shunchaki ikkita ilovani yuklab, parametrlarni sozlab olish lozim. Servis juda oddiy va tushunarli, shu sababli muammolar yuzaga kelmasligi kerak.

… MULOQOTNI KUZATAMIZ

Ushbu dasturlardan tashqari bolaning kim bilan muloqot qilayotganini eshitish, yozishayotganini o`qish imkoniyati ham mavjud. Oddiy qilib aytganda, “ayg`oqchilik” qilish imkoniyati. Albatta, bunday qilish kerakmi yoki yo`q, degan savol juda murakkab. Sababi bu yo`l bilan siz uning shaxsiy hududiga daxl qilasiz. Boshqa tomondan olib qaraganda bola olayotgan ma`lumotlar uning ma`naviyatiga ta`sir qilmasligi kerak. Shu sababli bunday vaziyatda qanday yo`l tutish kerakligini o`zingiz hal qiling. Bunday ilovani topish uchun brauzerning qidiruv satriga «ayg`oqchi Android ilova»ni («Shpion Android»;) kiriting hamda taklif etilayotgan manbalarga kirib chiqing. Ular orasida o`nlab turli dasturlar chiqadi, ularning orasida pullilari ham bor.

ILOVASIZ HAM EPLAYMIZ

iOS-uskunalar, ya`ni ayfon yoki aypad uchun, sizga ilova kerak bo`lmaydi. Uskunaning sozlanmalariga kirib, «Osnovne» (Asosiylari) kategoriyasini, keyin «Ogranicheniya» (Cheklovlar) bosamiz. Keyin esa parol o`rnatamiz va ro`yhat bo`ylab, bolangiz uchun keraksiz deb bilgan parametrlarni o`chirib chiqamiz. Siz harajatlarni, cheklashingiz va faqatgina ma`lum web-saytlarga kirish imkonini qoldirishingiz mumkin.

BOLANI QANDAY TOPISh MUMKIN?

Bolaning qaerdaligini kuzatishga bizga «ayfonni topish», «do`stlarni topish» yoki «oilaviy foydalanish» tizimi imkoniyatlari dasturi yordam beradi. Ilovalarni oddiy usulda App Store’dan ko`chirish mumkin (ular sizning ham farzandingizning ham devaysida bo`lishi lozim), keyin esa yo`riqnoma yordamida sozlanmalarni to`g`rilash lozim. O`rnatib bo`lingandan so`ng kartada bolangiz qaerdaligini ko`rishingiz mumkin.

«Oilaviy foydalanish» funksiyasi tizimga kiritilgan, siz qilishingiz mumkin bo`lgan yagona narsa uni sozlashdir. Buni qilish ham juda oddiy. Ayfoningizni sozlanmalariga kiring, iCloud kategoriyasini tanlang va «Oilaviy foydalanish imkoniyati» («Nastroit semeyny dostup»;) yozuvini toping. Ishni davom ettirish uchun o`z nomingizga kredit yoki debet kartasini bog`lashingiz kerak bo`ladi, sababi opsiya keyinchalik film, kitob yoki musiqa sotib olish imkonini beradi. Ammo bu nimadir harid qilishga majbursiz degani emas. Siz bilan bu detallar haqida ham bir kun bafurja gaplashamiz, ammo hozir gap bunda emas.

Ro`yxatdan o`tish nihoyasiga etgach, tashkilotchi-foydalanuvchi sifatida guruhga oila a`zolaringizni qo`shishingiz mumkin. Endi ularning har birini kartada ko`rish imkoniyatiga egasiz, faqat ular o`zlari bo`lishishlari kerak (sizga ko`rishga ruhsat berishlari kerak). Shu sababli bolani bu narsani tez-tez qilishga o`rgatib qo`ying, shunda sizda bolangiz kun davomida qaerda bo`lgani haqida ma`lumot bo`ladi.

Charos OMONOVA tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1