1

Qashqadaryoda qovun pishdi

Iqtisodiyot 13.05.2020, 18:54
Qashqadaryoda qovun pishdi

Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyati dehqon va fermerlari, qolaversa, tomorqa egalari meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini etishtirishga katta ahamiyat qaratmoqda.

Bu borada Chiroqchi tumanida lalmi maydonlardan qo`shimcha erlar o`zlashtirilib, sug`orish uchun artizan quduqlar qazilmoqda. E`tiborlisi, dehqon va mas`ul idoralarning izlanishlari natijasida mahsulotlarni halqimiz dasturxoniga ertaroq taqdim etishga ham erishilmoqda.

 Bojxona.uz`ning xabar berishicha vohada may oyining boshida tarvuz pishgan bo`lsa, endilikda qovun ham pishdi. Ayni kunda ta`mi tilyorar va xaridorgir qovunlar tumanning O`tamayli hududida etishtirilmoqda. Pishib me`yoriga kelganlari peshma-pesh iste`molchilarga etkazilmoqda.

Usta dehqonlarning bildirishicha, tumanda yilning fevral  oyidanoq qovun parvarishiga kirishiladi. Bunda asosan “Jiyan”, “Torpedo”, “Aeroport” kabi eksport talabiga javob beradigan navlar tanlanadi.

Avvaliga urug`lar maxsus idishlarga ekilib, issiqxona sharoitida o`stirib olinadi. Bo`yi me`yoriga etgan ko`chatlar keng maydonga plyonka ostiga ekib chiqiladi. Kunlar isishi bilan palaklar baravj rivojlanishi uchun nihollar usti ochiladi. Bu usulni qo`llash orqali erta hosil olish imkoniyati oshadi.

Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari ushbu hududda bo`lib, fermer va tomorqa egalariga yurtimizda tadbirkorlik sohasiga keng imkoniyatlar yaratilganligi, shuningdek, mahsulotlarni eksportga rasmiylashtirishda bojxonada yaratilgan qulayliklar to`g`risida tushuntirishlar berib, bu kabi imkoniyatlardan o`z vaqtida va samarali foydalanish nafaqat tadbirkorning o`ziga, balki davlatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xissa qo`shishi yuzasidan fikr almashishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1