1

14 mayda xorijdagi hamyurtlarimizni olib kelish uchun Sankt-Peterbergga charter reys tashkil etiladi

Hi-tech 13.05.2020, 20:12
Teglar: karantin, samolyot, charter reys
14 mayda xorijdagi hamyurtlarimizni olib kelish uchun Sankt-Peterbergga charter reys tashkil etiladi

14 may kuni xorijdagi hamyurtlarimizni olib kelish uchun yana bir charter reys tashkil etiladi. Bu haqda tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

14 may kuni tashkil etiladigan charter reys Toshkent — Sankt-Peterburg –Toshkent yo`nalishida bo`lib, maxsus reysni amalga oshirgan samolyot soat 08:35 poytaxtimiz aeroportiga qo`nadi.

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan yurtimizga qaytuvchi fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.  

Ro`yxatga birinchi navbatda bemorlar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.  

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1