1

O`zbekistondagi qaysi banklar kreditlar berishni qayta yo`lga qo`ygani ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 14.05.2020, 22:46
O`zbekistondagi qaysi banklar kreditlar berishni qayta yo`lga qo`ygani ma`lum qilindi

So`nggi kunlarda, ayrim banklar o`z telegramm kanallarida jismoniy shaxslarga kreditlar (mikroqarz, avtokredit, iste`mol) ajratilishi bo`yicha reklamalarni qaytadan joylashtirishni boshladi. Bu haqda "Bank va mijoz" telegram kanali yozadi.

Kanal bugungi kunda chakana kreditlar ajratayotgan banklar ro`yxatini keltiradi. Ro`yxatda quyidagi banklar o`rin olgan:

⦁ Ipoteka-bank 

⦁ Mikrokreditbank 

⦁ Turonbank 

⦁ Tenge Bank

⦁ Hamkorbank 

⦁ Trastbank 

⦁ Ipak yo`li banki 

⦁ Orient Finans Bank 

⦁ Poytaxt Bank

Karantin sharoitida deyarli barcha banklarda chakana kreditlar ajratish vaqtinchalik to`xtatilgan edi. Shu sababdan ko`pchilikda banklarda kreditlar berilishi qayta yo`lga qo`yildimi, degan mazmunda savollar tug`ilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1