AsosiySport

N'Golo Kantening "Fenerbahche"ga transferi barbod bo'ldi

Turkiyaning "Fenerbahche" klubi Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi tomonidan hujjatlardagi xatolar sababli jahon chempioni N'Golo Kanteni transfer qila olmaganini ma'lum qildi.

'N'Golo Kantening "Fenerbahche"ga transferi barbod bo'ldi'ning rasmi

Klub bayonotiga ko‘ra, “Fenerbahche” hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirgan, ammo “Al-Ittihod” vakillari noto‘g‘ri ma’lumot kiritgani uchun transfer yakunlanmagan.

Turkiya tomoni FIFA bilan muzokara qilgan va transfer muddatini uzaytirishni so‘ragan, lekin kelishuv amalga oshmagan.

Kante esa 2023 yildan buyon “Al-Ittihod”da to‘p surib kelmoqda va Jahon chempioni hamda Yevropa va Angliya chempionliklari sohibi.

    Boshqa yangiliklar