AsosiySiyosat

Urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangicha yondashuvlarni joriy etish boyicha taqdimot bilan tanishdi.

'Urbanizatsiya va uy-joy qurilishida yangi vazifalar belgilandi'ning rasmi

So‘nggi 8 yilda mamlakarda 120 million kvadrat metr yoki 600 mingdan ziyod xonadon qurildi, 541 ming fuqaroga 103 trillion so‘m ipoteka kreditlari ajratildi.

Prezident 2040 yilgacha aholining bir kishi boshiga turar joy maydonini 23 kvadrat metrga yetkazish maqsadida yiliga uy-joy qurilish hajmini 280 minggacha oshirish, renovatsiya ulushini 60 foizga yetkazish va “Yangi O‘zbekiston” massivlarini kengaytirishni topshirdi.

Shuningdek, yer resurslaridan samarali foydalanish, qurilishga tayyor yer mexanizmi, raqamli texnologiyalar va axborot tizimlarini joriy etish orqali sohada shaffoflik va samaradorlikni oshirish zarurligi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar