AsosiySport

Oʻzbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi

Futzalchilar chorak finalda Eronga mag'lub bo'ldi.

'Oʻzbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi'ning rasmi

Bugun, 3 fevral kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi chorak final uchrashuvida maydonga tushdi.

Nodir Eliboyev shogirdlari mazkur bahsda Eron terma jamoasiga qarshi o‘ynab, 4:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvda hisobni dastlab Ixtiyor Ropiyev ochdi, keyin esa Elbek To‘lqinov ikkinchi gol muallifi bo‘ldi. Biroq, eronliklar tez orada javob qaytarib, o‘yinda ustunlikni qo‘lga oldi va jami olti bor darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim yakuniga yaqin Sunnatilla Jo‘rayev va Muzaffar Ahajonov hisobni qisqartirdi, ammo oraliqni tenglashtirishga bu yetarli bo‘lmadi. Bahsdagi oxirgi golni ham Eron terma jamoasi kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston 4:7 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi Indoneziya mezbonligida o‘tayotgan Osiyo kubogining "C" guruhida 4 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab, chorak finalga chiqqan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kamilla Rahimova dunyoning 65-raqetkasini mag'lub etdi'ning rasmi

    Sport 24.02.2026 10:12

    Kamilla Rahimova dunyoning 65-raqetkasini mag'lub etdi

    O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova AQShning Texas shtatida o'tayotgan WTA 250 ATX Open turnirini g'alaba bilan boshladi.

    'Neymar 2026 yilda faoliyatini yakunlashi mumkin'ning rasmi

    Sport 20.02.2026 09:03

    Neymar 2026 yilda faoliyatini yakunlashi mumkin

    "Barcelona" va "Paris Saint-Germain"ning sobiq hujumchisi, hozirda "Santos FC" safida to‘p surayotgan Neymar 2026 yilda faoliyatini yakunlashi mumkinligini bildirdi.

    'Anchelotti Neymarning JChdag'i ishtirokini shart deb bildi'ning rasmi

    Sport 17.02.2026 08:42

    Anchelotti Neymarning JChdag'i ishtirokini shart deb bildi

    Manbaga ko‘ra, mutaxassis futbolchining ayni paytdagi jismoniy tayyorgarligi va yuqori saviyada o‘ynashga tayyorligini asosiy mezon sifatida ko‘radi.

    'Husanov transferidan keyin O‘zbekiston “Manchester City” uchun strategik bozorga aylandi'ning rasmi

    Sport 16.02.2026 14:02

    Husanov transferidan keyin O‘zbekiston “Manchester City” uchun strategik bozorga aylandi

    Abdulqodir Husanovning Manchester City'ga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi.

    'UFC chempioni Tom Aspinall koʻzlarini operatsiya qildi.'ning rasmi

    Sport 11.02.2026 08:42

    UFC chempioni Tom Aspinall koʻzlarini operatsiya qildi.

    UFCning og‘ir vazn toifasidagi amaldagi chempioni Tom Aspinall Cyril Gangaga qarshi jangda olgan jarohati sabab ikkala ko‘zidan operatsiya qilindi.

    'Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 21-tur ramziy jamoasiga kiritildi.'ning rasmi

    Sport 10.02.2026 10:22

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 21-tur ramziy jamoasiga kiritildi.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Istanbul Basaksehir” hujumchisi Eldor Shomurodov “Sofascore” tahlqiniga ko‘ra Superliganing 21-turida eng yaxshi futbolchilar qatoridan joy oldi.