Karantin sababli "Davr" hamda “Toshkent 24” informasion dasturlari to`xtatilishi haqidagi xabarga izoh berildi

Hi-tech 20.05.2020, 18:59
Karantin sababli "Davr" hamda “Toshkent 24” informasion dasturlari to`xtatilishi haqidagi xabarga izoh berildi

Karantin sababli MTRK tarkibidagi “Yoshlar” teleradiokanalining "Davr" hamda "Toshkent" teleradiokanalining “Toshkent 24” informasion dasturlari faoliyati to`xtatilgani, hozirda ushbu dasturlar o`rnida “O`zbekiston 24” telekanali ko`rsatuvlari efirga uzatilayotgani haqida xabar berilgan edi

"Yoshlar" teleradiokanali direktori o`rinbosari Xusniddin Ergashev o`zining Feysbukdagi sahifasida bu xabarga izoh berdi.

Xusniddin Ergashevning ta`kidlashicha karantin munosabati bilan telekanallar faoliyatida cheklovlar joriy etilganligi bois, xodimlar va texnika resurslaridan unumli foydalanish maqsadida, vaqtinchalik chora sifatida informasion dasturlar markazlashgan holda tayyorlanib efirga uzatilmoqda. Karantin cheklovlariga engillik berilgach, har bir telekanal o`z informasion dasturini o`zi tayyorlab efirga uzatish tizimiga qaytadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1