1

Nima uchun Shahram G`iyosov ishtirokidagi reklama taqiqlandi?

Madaniyat 25.05.2020, 21:55
Nima uchun Shahram G`iyosov ishtirokidagi reklama taqiqlandi?

Reklama xaridorlarning e`tiborini tortuvchi muhim vositadir. Ayniqsa, unda dunyodagi mashhur sportchilar ishtirok etsa, bu juda yaxshi natija beradi. Taniqli sportchilarning reklama roliklarida ishtirok etishi iste`molchilar ishonchini tez qozonadi, ularni ruhlantiradi

Televizor ekranlari va ijtimoiy tarmoqlarda Habib Nurmagomedov va Shahram G`iyosov ishtirok etgan reklama roliklari namoyish etildi. Va ular “ajoyib” ichimliklarning “sehrli” xususiyatlarini reklama qilishdi. Ularning ta`kidlashlaricha, energetik ichimliklar inson tanasiga engillik, hayotiylik, kuch-quvvat va cheksiz energiya beradi. Ammo...

Sporchilarning energetik ichimliklar reklamasida ishtirok etishlari to`g`rimi? Energetik ichimliklardan foydalanish o`spirin va yoshlar organizmi uchun zararli emasmi? O`zbekiston Respublikasining Qonunida bu haqda nima deyilgan?

Energetik ichimlik nima o`zi?

“Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to`g`risida”gi qonunga kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra, enegetik ichimliklar – bu 150 mg/l dan oshadigan kofeinni o`z ichiga olgan ichimliklar bo`lib, ularda organizm uchun zararli moddalar sezilarli darajada ko`pdir. 

Qanday iste`mol qilgan ma`qul?

Mutaxassislar isbotlaganidek, bitta kokteyldagi kofein miqdori kunlik dozadan oshib ketadi. Va kuniga ikki yoki uch qutidan iste`mol qilish inson tanasi, ayniqsa, o`spirin va yoshlar uchun xavflidir. Enegetik quvvatning haddan ortiq dozasi uyqusizlik va asabiylikni kuchaytiradi. Bunday ichimliklarni  ichgan odamning qon bosimi oshib, yurak urishi tezlashadi.  

“Reklama to`g`risida”gi qonun 22-1moddasi “Energetik ichimliklar reklamasi” bilan to`ldirilgan. Bundan buyon energetik ichimliklarni reklama qilishda bunday ichimliklarni haddan tashqari iste`mol qilishning xavfliligi to`g`risida ogohlantirish, shuningdek, ushbu ichimlikni iste`mol qilishi mumkin bo`lmagan odamlar to`g`risida ma`lumotlar qayd etilishi kerak.    

Qonunga ko`ra taqiqlangan holatlar:

- 7:00 dan 22:00 gacha televizor va radioda energetik ichimliklar reklamasi;

- o`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslar o`rtasida energetik ichimliklar namunalarini bepul tarqatish;

- agar ichimlik nomi, savdo belgisi yoki tasviridan foydalanilsa, homiylik tadbirlari;

 - sotish, shu jumladan, tarqatish;

- energetik ichimliklar reklamasini bolalar va o`spirinlar uchun mo`ljallangan ommaviy axborot  vositalarida, shuningdek, tibbiy, sport va ta`lim muassasalarida reklama qilish.

Ta`kidlash joizki, voyaga etmaganlar o`rtasida energetik ichimliklar tarqalishini cheklash bo`yicha chora-tadbirlar tegishli qonun loyihasi shaklida muhokama uchun kiritildi. Shundan so`ng Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga, joriy yilning 11 aprelida kuchga kirgan “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to`g`risida”, “Reklama to`g`risida” qonunlariga tegishli o`zgatirishlar kiritildi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1