1

Beeline Beepul yangi to`lov xizmatini ishga tushirdi

Hi-tech 28.09.2015, 16:11
Beeline Beepul yangi to`lov xizmatini ishga tushirdi

Beeline Uzbekistan mobil ilovasida Android OT ishlaydigan Beepul yangi to`lov xizmati ishga tushirilgani haqida e`lon qiladi.

Endi Beeline Uzbekistan mobil ilovasi orqali bank kartasi (UZCARD Online) yordamida ham abonent so`rovi bo`yicha, ham avtomatik ravishda komissiyasiz telefon balansini to`ldirish imkoni paydo bo`ldi. Qo`shimcha chiqimlarsiz roumingda bo`lganda ham balansni to`ldirish mumkin, shuningdek bir nechta plastik kartalarni ro`yhatdan o`tkazish va to`lov natijalari haqida SMS xabar ham olish mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov shunday dedi: “To`lovlarni amalga oshirish yanada qulay bo`ldi, va bu Beeline mijozlari uchun yaratilgan osonlik va qulaylikdir. Shunday loyihalar abonentlar uchun qo`shimcha xizmatlarni yaratishga imkon beradi, va shu bilan birga mijozlarga bo`lgan moyillikning yuqori darajasini va ishonchli aloqani ta`minlaydi”.

Ilovada ishlash chog`ida avvaldan to`lov tizimidagi Beeline abonentlari balansidan mablag` echilmaydi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1