AQShning janubi-sharqiy shtati bo`lmish Floridada 6 oktyabr kuni yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi halok bo`ldi. Startribune nashrida aytilishicha, ularning 4 nafari bolalardir.
Ushbu hodisa shtatning Grand-Rij shaharchasidagi avtotrassada yuz bergan.
Ma`lum qilinishicha, 6 kishidan iborat oila ketayotgan engil mashina yo`lda muvozanatni yo`qotgan va qarama-qarshi yo`nalishdagi pikap bilan to`qnashgan.
Natijada, engil mashinadagi ota va uning 4 nafar farzandi voqea joyida halok bo`lgan. Mashina rulida bo`lgan ona esa og`ir jarohatlar bilan shifoxonaga etkazilgan.
Yo`l polisiyasi ma`lumotlariga ko`ra, mashinalardagilardan hech biri xavfsizlik belbog`larini taqmagandi.
Bu mashina borib to`qnashgan pikapdagi 4 kishidan faqat biri jiddiy jarohat olgan.
Polisiya hodisa sabablarini o`rganmoqda.