1

Yosh oilalarga berilgan ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi

Iqtisodiyot 20.06.2020, 00:15
Yosh oilalarga berilgan ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi

“Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to`g`risida” Prezident Farmoni (PF-6011, 19.06.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.

 Farmonga muvofiq:

soliqlar to`g`risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar bo`yicha imtiyozlar, agar ularning o`zida ushbu soliqdan ozod qilish to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilmagan bo`lsa, ijtimoiy soliqqa nisbatan tatbiq etilmaydi;

O`zbekiston norezidentlari bo`lgan yuridik shaxslardan sotib olinadigan ishlar (xizmatlar) uchun QQS bo`yicha berilgan imtiyozlar, O`zbekistonda doimiy muassasalar orqali faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar – norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar)ga tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, Farmonga muvofiq Prezidentning qator farmon va  qarorlariga o`zgartirishlar kiritilib, qator soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda.                                                  

Jumladan, Prezidentning PF-3878-son Farmonida belgilangan yosh oila a`zolarining soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarning shaxsiy uy-joy yoki ko`p qavatli uyda xonadon qurish, ta`mirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular bo`yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo`naltirilgan mablag`ni daromad solig`idan ozod qilish to`g`risidagi norma 2021 yil 1 yanvardan bekor qilinadi.

Farmon 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1