Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanida to`qqiz yashar qizaloq o`ldirib ketilganiga oid xabar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati "darakchi.uz"ga mazkur fojia haqiqatdan yuz berganini tasdiqladi.
Aniqlanishicha, shu yilning 21 iyun kuni soat 18:00 atrofida voyaga etmagan kiz Q.I.ning (2011 y.t., maktab o`quvchisi) jasadi yashash xonadonida topilgan. Marhumaning ko`krak-qorin sohasida kesuvchi-sanchuvchi jismlar orqali 16 ta tan jarohati etkazilgan.
Hodisa joyini ko`zdan kechirish jarayonida murda yotgan xonada buyumlarning joylashish tartibi buzilganligi, kiyinish stoli (tryumo) tortmasida bo`lgan 1,5 mln. so`m pul yo`qolganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni JKning (Jinoyat kodeksi) 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-tezkor guruhi tashkil etilgan. Jinoyatni fosh etish choralari ko`rilmoqda.