Kichik biznes vakillari 332,8 milliard so`mlik soliqlardan ozod bo`ladi

Iqtisodiyot 23.06.2020, 14:52
Kichik biznes vakillari 332,8 milliard so`mlik soliqlardan ozod bo`ladi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat soliq qo`mitasi boshqarma boshlig`i o`rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Brifingda muhim ma`lumotlar berildi.

Bugungi kunda mamlakat bo`yicha imtiyozga ega bo`lgan 142,5 mingta kichik biznes vakillari mavjud bo`lib, ular 332,8 mlrd. so`mlik soliqlardan ozod bo`ladi. Bu summa ikki turdagi — mol-mulk va er solig`i hissasiga to`g`ri keladi. 

Misol uchun, Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi "Toshkent qog`ozi" jamiyatning ko`chmas mulkining qoldiq qiymati 28,1 mlrd. so`mni, egaligidagi er maydoni 12,2 gektarni tashkil qiladi. Makur korxona 2020 yil uchun 563,3 mln.so`m mol-mulk solig`i hamda 1330,3 mln.so`m er solig`i, jami 1893,6 mln. so`m soliq to`lashi kerak edi. Prezident Farmoniga asosan, endilikda ushbu sub`ektda 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrgacha bo`lgan davr uchun soliq imtiyozi qo`llanilishi natijasida mol-mulk solig`idan 140,8 mln.so`m, er solig`ida 332,5 mln.so`m jami 473,3 mln.so`m mablag` iqtisod qilinib, jamiyat ixtiyorida qoladi.

Kichik tadbirkorlik sub`ektlariga foizsiz kechiktirish (bo`lib-bo`lib to`lash) taqdim etilgan, aprel-may oylari uchun to`lanishi lozim bo`lgan mol-mulk va er solig`i summalaridan voz kechildi. Natijada 2 422 ta  soliq to`lovchining 123 milliard so`m miqdoridagi kechiktirilgan soliqlarni to`lamaydigan bo`ldi.

2020 yil 1 maydan 1 iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 %dan 1%gacha pasaytirildi.

Natijada 1 mln. 681 ming 769 ta ish o`rni tashkil etilgan 328 782 ta mikrofirmalar va kichik biznes sub`ektlari soliq to`lovchilariga soliq yuki kamaytirildi.

Mikrofirma va kichik korxonalarning aylanma mablag`lari kamayishining oldini olish maqsadida soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo`yicha mavjud bo`lgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha to`xtatiladi. 

Soliq to`lovchilar 2020 yil 15 may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo`yicha ijro etilmagan to`lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqiga ega. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1