1

Buyuk Britaniyada 5G tarmog`i ishga tushirildi

Hi-tech 19.11.2015, 14:25
Buyuk Britaniyada 5G tarmog`i ishga tushirildi

Buyuk Britaniyaning Gigaclear kompaniyasi test tartibida o`z abonentlarini keng tarmoqli, yuqori tezlikdagi beshinchi avlod tarmog`i(5G)ga ulay boshladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Kompaniya vakillarining so`zlariga ko`ra, yangi avlod tarmog`i orqali fayllarni yuklab olish tezligi Buyuk Britaniyadagi o`rtacha ko`rsatkichlarga nisbatan 200 martaga tezroq. Masalan, 1,5 Gega bayt hajmdagi videoni yuklab olish uchun abonentlar atigi 6 soniya vaqt sarflaydi. Yangi, yuqori tezlikdagi tarmoqdan hozircha sanoqli abonentlargina foydalana oladi.  Ular orasida tadbirkorlar hamda Oksfordshir grafligida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bor.

2016-yilning yanvar oyidan boshlab operator yangi tarmoqqa abonentlarni faol tarzda ulay boshlaydi. Xizmat  narxi oyiga 399 funt sterlingni tashkil etadi.   

Shuningdek, Samsung kompaniyasi ham o`zining beshinchi avlod tarmog`ini sinovdan o`tkazdi. Kompaniya 5G  tarmog`i yordamida 1 Gegabaytdan kattaroq hajmdagi fayllarni ikki kilometr masofadan bir soniyada yuborishga muvaffaq bo`ldi. Mazkur texnologiya 2020-yillarga kelib  foydalanish mumkin bo`ladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1