1

Aloqa operatorlarining kodlarini yangi interaktiv xizmat aniqlab beradi

Hi-tech 19.11.2015, 14:41
Aloqa operatorlarining kodlarini yangi interaktiv xizmat aniqlab beradi

"O`zbekiston Respublikasi telekommunikasiya tarmoqlarining kod va prefikslari" xizmati yordamida mobil aloqa foydalanuvchilari O`zbekistonda simli va simsiz aloqa xizmatlarini ko`rsatuvchi operatorlarning kodlari hamda prefikslarini aniqlashlari mumkin bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Biror mobil operatori yoki hududga mansub telefon raqamining prefiksi, ya`ni birinchi uch raqamini tegishli katakchalarda ko`rsatish orqali telefon raqamining muayyan kodlar orqali qaysi hududlarda foydalanilayotgani to`g`risida batafsil ma`lumot olish mumkin. 

Misol uchun, siz qo`ng`iroq qilmoqchi bo`lgan, "157" raqami bilan boshlangan telefon raqamining kodini yoki uning qaysi hududga tegishli ekanligini bilmaysiz. Telefon raqamining ilk uchta old raqamlarini, ya`ni "157"ni tegishli katakka kiritib, "Tekshirish" tugmasini bosing. Shunda sizga ushbu old raqamli telefon raqamlari orqali 4 nafar mobil aloqa operatorlari tomonidan Toshkent, Namangan va Farg`ona viloyatlarida aloqa xizmati ko`rsatilishi to`g`risida ma`lumot taqdim qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1