1

Dunyoni larzaga solgan insoniylik va muxabbat qissasi

SUG'DIYONA 02.12.2015, 16:57
Dunyoni larzaga solgan insoniylik va muxabbat qissasi

Avstraliyalik model Turiya Pitt va Maykl Xoskinslarni chin muxabbatning haqiqiy timsoli deyish mumkin. Ular haqida internet sahifalarida ma`lumot berilgach, minglab insonlar ularning sevgi tarixini katta qiziqish bilan mutolaa qilmoqda.

 

Turiya Pitt va Maykl Xoskins maktab davrida tanishgan edi. O`shanda qiz 14, yigit esa 17 yoshda edi. Bu ikki inson o`shandayoq bir-biriga ko`ngil bog`ladi. Ularning tuyg`ulari vaqt o`tgan sari haqiqiy sevgiga aylanib boraverdi. 2011 yil juftlik hayotiga og`ir musibat olib keldi.  

O`shanda Turiya institutni tugatib, tog` muhandisi mutaxasisligiga ega bo`lgan va model bo`lib ishlardi.  Kunlardan birida u yugurish marafonida ishtirok etmoqchi bo`ladi. Marafonchilar yugurib o`tadigan yo`lda birdan yong`in boshlanadi. Turiya yong`in ichida qolib ketadi. Uning tanasining tepa qismi 64% foizga kuyib ketadi, o`ng qo`lining barcha barmoqlari va chap qo`lining uch barmog`i yonib ketadi.

Qiz shifoxonada 2 yil davolandi. Shu muddat ichida 100 dan ortiq jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.  Yaqindagina jurnallar muqovasida suratlari chop etilgan qizning tanasi va yuzi chandiqlar bilan qoplandi.  Turiya shifoxonadan chiqqach bir necha oy mobaynida ko`chaga chiqishga o`zida kuch topa olmadi. Unga xuddi hamma uning xunuklashgan yuzi, shaklini yo`qotgan burni va quloqlariga qarayotgandek tuyulardi.  Vaqt o`tishi bilan yaqinlarining ruhiy ko`magi va kuchli irodasi tufayli u o`zidan uyalmaydigan bo`ldi.

Turiya hayotidagi asosiy inson uning yigiti edi. U sevgan insoni uchun polisiyadagi ishini tashladi, Turiyani bir daqiqa ham yolg`iz qoldirmadi. Maykl bundan to`rt yil oldin Turiya jonlantirish bo`limida davolanayotganida brilliant ko`zli uzuk sotib oldi va uning barmog`iga taqib qo`ydi. Turiya Pitt va Maykl Xoskins hozirda to`yga tayyorgarlik ko`rmoqda.   

 

 “Turiya odamlarning unga achinishini istamaydi. U juda go`zal va betakror. U shunchaki o`z hayoti bilan yashashni xohlaydi. Turiya sayr qilishni yoqtiradi, okeanni yaxshi ko`radi. Biz har doim birgamiz. To`g`ri uning terisi, tashqi ko`rinishi biroz o`zgargan, ammo u o`sha men sevgan Turiya”, - deydi Maykl.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1