1

Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari belgilandi

Iqtisodiyot 03.08.2020, 19:47
Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari belgilandi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to`g`risida”gi Nizomi tasdiqlandi (Adliya vazirligida 2020 yil 30 iyun kuni 3269-son bilan ro`yxatga olingan). Bu haqda Markaziy bank rasmiy telegram kanali orqali xabar berildi.

Ushbu nizom Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari bilan hamkorlikda ilg`or xorijiy tajribani o`rgangan holda ishlab chiqildi va tijorat banklari tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining umumiy shartlari hamda qoidalarini belgilab beradi.

Nizomda ipoteka krediti yo`nalishlari, rasmiylashtirish bosqichlari, qarz oluvchining to`lovga layoqatliligi tahlili hamda ipoteka kreditlarini ajratish bilan bog`liq tavakkalchilikni boshqarish bo`yicha yo`nalishlar belgilab qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1