1

Toshkent, Buxoro, Farg`ona va Urganch aeroportlari sheriklikka beriladi

Iqtisodiyot 05.08.2020, 21:53
Toshkent, Buxoro, Farg`ona va Urganch aeroportlari sheriklikka beriladi

Toshkent, Buxoro, Farg`ona va Urganch aeroportlari zararga ishlayotgani uchun ular sheriklikka beriladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Bu haqda 5 avgust kuni Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilgan yig`ilishda ma`lum qilindi. Yig`ilishda energetika, transport, kommunal xo`jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalasi ko`rib chiqilgan.

Xalqaro ekspertlarning tahliliga ko`ra, O`zbekistondagi mavjud aeroportlarni modernizasiya qilish uchun o`rtacha 800 million dollar talab etiladi. Shu munosabat bilan Jahon banki bilan birgalikda Toshkent, Buxoro, Farg`ona va Urganch aeroportlarini «paket prinsipi» (zarar bilan ishlayotgan havo portlarini foyda keltirayotganlari bilan sheriklikka berish) asosida sheriklikka berish bo`yicha texnik topshiriqlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Eslatib o`tamiz, transport sohasining barqaror ishlashini ta`minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo`yicha o`tkazilgan yig`ilishda aeroportlarni modernizasiya qilish, Andijon, Buxoro, Urganch va Qarshi xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklikka berish bo`yicha tender e`lon qilinishi belgilangan edi.

Shuningdek, raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviasiyasi bozoriga yangi tashuvchilarni jalb qilish, Uzbekistan Airways’ni nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi ko`rib chiqilgan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1