1

Qarzdorlik evaziga “MALIBU” avtomashinasi xatlandi

Iqtisodiyot 06.08.2020, 21:03
Qarzdorlik evaziga “MALIBU” avtomashinasi xatlandi

Boshlang`ich sarmoya uchun banklar tomonidan taqdim etilayotgan kredit mablag`lag`lari tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`ymoqchi bo`lgan va faoliyat turlarini  rivojlantirishni maqsad qilgan tadbirkorlar uchun ayni muddaodir.

Afsuski, olingan kredit mablag`laridan oqilona foydalanmayotganlar va ularni o`z vaqtida qaytarishni unitayotganlar ham yo`q emas, deb xabar bermoqda MIB matbuot xizmati.

Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 17 fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonalar hisobidan “Ipotekabank” ATIB foydasiga muddati o`tgan jami 203 million so`m kredit qarzdorligi undirish to`g`risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Termiz shahar bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Byuroning termiz shahar bo`limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo`lgan “MALIBU” rusumli avtomashinasi xatlanib, 200 million so`m boshlang`ich narx bilan elektron onlayn auksion savdosiga chiqarildi.

Auksion savdolaridan tushgan pul mablag`lari qarzdorlikni so`ndirishga qaratiladi, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1